Qara, olam rangjigan, atrofda faqat aldovlar rohatlanar insofsizlikdan. Sharmandalikka to’lgan afg’onlar meni alamli nolarim eshitmoqda…
Nidolarim, dodlarim, ingroqlarim sevgining eng noyob injularini, sevgi elatining vafolarini, go’zallikka ingtilgan nozaninglarning go’zal alyorlarini, lobar, oydek yosumanlarning iboli qo’shiqlarini endi madh aylamas…
Sevgining malomatlari, alamlarning nadomatlari, mungli, ayanchli nolalari ichimda…
Seni unutaman…
Ruxsoringni, iforingni, shuuringni, taftingni ilojsizlikdan roziliksiz majburang armonlarning itlariga loyiq topdim. Iltimos meni ortimdan so’kma...
Nurli orzularim, mushfiq umidlarimni senga ilingandim. Muhabbatimni darbadar armonlar nomussiz ayolning yuragidagi iltijodek rangsiz gulga aylantirdi...
Noriso qalbim alamlardan, rohatsizlikdan, imkonsizlikdan, nafratdan dodlaydi. Oldinga shoshilmaydi. Intilmaydi... Majolsiz...
Girdobga aylangan tashvishlar uni ranjitar. Ma’nosiz, umidsiz, shavqatsiz azoblar, gunohkorlik ayovsiz chaqar...
Ivirsigan qadrsizlik ichimda shodlanib gir aylanar. Mungli alyorlar jabrdiyda bagrimda umidsizlik-la rizolashayotgan muhabatimni allalar...
Nafratlar, malomatlar endi noumid, imkonsiz ko’nglimni eski choriq ichidagi rasvo alamlarga loyqalatar....
Vaxshiy ilojsizlik domiga olar...
Bu sirli satrlar sevgan yorini sevgisini so’ndirish uchun yozilgan edi...
Ikki yosh bir birlariga ko’ngil qo’ydilar, sevdilar, sevildilar. Baht saroyida sayr ayladilar, birin sulton birin malika deb sayladilar... Lekin...
Hayot sinovlari, taqdir aldovlari sabab qiz o’zga bir yigitga turmushga chiqmoqlikni ihtoyor etdi.
Oshiq yigit sevgisini saqlab qolish uchun qizning otasi bilan suhbatlashmoqchi bo’lib yo’lga chiqqanida mahbubasi tomonidan yozilgan (yuqoridagi satrlar bitilgan) maktubni oladi. Sirli satrlardagi ma’noni anglagan yigit muhabati uchun kurashish befoydaligini bilib, sevgisini "Armon mozoriga” ko’madida, o’zi "Qoraatirgul”ga aylanib ariliq sahrosiga ravona bo’ladi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев