nasib qilavermas ekan. Buni qarangki sevgini
Olloh faqat uni qadriga yetgan va uning uchun
kurashgan, har qanday to’siqqa qaramay uning
uchun olg’a yura olgan insonlargagina nasib
qilar ekan Muhabbat bu. . . Bu so’z bilan ifodalab
bo’lmaydigan, faqat va faqat toza qalb bilan his
qilish mumkin bo’lgan, xukmronlikka
bo’ysinmaydigan va pulga sotilmaydigan
yagona tuyg’udir. Aytishlaricha, u birdaniga
insonni qalbini, vujudini va hoyilini egallab olar emish. Bu esa uni naqadar buyukligini isbotlab
beradi. Inson sevib qolgach sevgan yorisiz
hayot toxtab,unga qorong’u bo’lib ko’rina
boshlaydi, betinim shamol uchurgan xazon kabi
u yerdan bu yerga asta uchaveradi,murdadek
tilsiz, qanoti singan qushdek umidsiz, sil kasaliga yo’liqqan bemordek madorsiz bo’lib
qoladi. Axir sevgining ko’zi ko’r, qulog’i kar,
og’zi soqov bo’ladi. U hech nimani eshitmaydi,
ko’rmaydi, so’zlamaydi. Lekin u faqat u bir
narsaning amriga quloq soladi, bo’ysunadi. U
narsa faqat sevgining muaffaqiyati uchungina yashaydi. Bu inson tanasidagi QALBdir
Sevgining oldida shox ham,gado ham bir. Asar
bir do’stimning muhabbati bilan bog’liq.
Do’stim va sevgilisining muhabbati deb
qanchadan-qancha inson azob chekdi. Muhabbat
ko’chasiga kirib adashmaslikni har bir insonga nasib qilishini Tangridan so’rab qolaman. Bu
bo’lib o’tgan hayotiy voqeada ishtirok etgan
qahramonlarning hayoti kimlargadir saboq
bo’lishini niyat qilib qog’ozga tushirishga qaror
qildim. Zero, yaxshilik uchun qilingan har
qanday ish Alloh nazdidadir. Kuz. O’qish endigina boshlangan payt, har bir
o’quvchi 3 oy davomida mazza qilib damolib,
o’qish tomon intilgan mahal. Biz ham qolgan
o’quvchilar kabi o’qishga shoshilvotgan edik.
O’qish ham boshlanib ketti. Bizning o’qishga
bizdan kichkina kursdagi o’quvchilar yeg’ilvotgani, ular ichida go’zal qizlar borligi
hammamizni quvontirardi. Chunki
ko’pchiligimiz deyarli hamma do’stlarim qizlar
bilan muhabbat ko’chasiga kirmagan edik.
To’gri hayot faqat qizlar bilan muhabbatdan
iborat emas ammo bu savdo hammaning boshida bor. Sentabr oyida hamma bir birini
ko’zlari bilan kuzatgan, bir biri bilan
tanishmoqchi bo’lib yurgan, qanday qilib
tanishishni bilolmayotgandi. Lekin muhabbat
ko’chasiga kirib qolaman deb hech ham
o’ylamagan do’stim o’zi bilmagan xolda bu ko’chaga kirib qoldi. Bu voqea quyidagicha yuz
berdi: O’qish paytida bo’lib o’tadigan tadbirlar
o’quvchilar yordamida amalga oshirilar edi.
Sentabr oyi tugab borvotgan, 1-oktabr ya’ni
mehribon o’qituvchilar kuni yaqinlashayotgan
edi. Shu bois o’qishimizdagi o’quvchilar yeg’ilib o’qituvchilar bilan tadbirga birgalikda
tayyorgarlik ko’rishmoqda edi. Buni qarangki
taqdiri azal deb bekorga aytishmas ekan,
taqdirdan qochib bo’lmasligi aniq ekan. Bu
tadbirda do’stim men va do’stimning o’sha o’zi
bilmagan maftunkor, o’jar, o’z bilganidan qolmaydigan muhabbati qatnashayotgan edik.
Do’stim ham o’ziga yarasha qaysar, u ham o’z
bilganidan qolmaydigan, yigit kishini ko’rki-
kamtar va g’ururli edi. Aqilga sig’maydi bu ikki
inson ham bir xil xarakterga ega. Ikkalovi o’jar
bo’lganligigami, bularning sevgisi boshqalanikidan ajralib turardi. Psixologlarning
fikricha agar ikki sevishgan inson turli xil
xarakterga ega bo’lsagina ular uzoq va baxtli
yashashar ekan. Chunki yigitning kamchiligini
qiz, qizning kamchiligini yigit to’ldfirar emish.
Haqiqatdan ham shunday. Lekin bu ikki sevishgan bir xil xarakterga ega bo’lsa xam
ulardan baxtliroq inson yo’q edi. Keling endi
o’sha ularni birlashtirgan tadbirga qaytsak.
Tadbir paytida ular bir birlariga ko’p martta
qarashar, qiz uyalganidan ko’zini ob qochar,
do’stim esa bunga befarq edi. Tadbir tugagach bir qo’ng’iroq tufayli do’stim bilan o’sha qiz
do’stlashib ketishdi. Buni qarangki men telefon
topolmay o’sha qizning telefonidan do’stimga
qo’ng’iroq qilgan edim, azgina vaqt o’tgach u
ham meni qidirib aynan shu raqamga meni
so’rab telefon qilib o’sha qiz bilan tanishib ketgan ekan. Ularning do’stlashishiga qaysidir
ma’noda men sababchi bo’ldim. Agar men
bo’lmaganimda balkim bular gaplashmasmidi?
Bilmadim! Oktabr oyi boshlandi. O’qish davom
etayotgan edi. O’sha qizning ismi Diyora,
do’stimning ismi esa Kamronbek edi. Kamronbek bilan Diyora telefon orqali aloqa
qilib bir birlarining xolidan xabar olib
turishardi. Kun sayin ularning do’stligi
kuchayib borardi. Qiz bilan yigitning o’rtasida
hech qanaqa do’stlik bo’lishi mumkun emas
deganlari haqiqat ekan. Chunki ularning do’stligi ham uzoqqa cho’zilmadi. Kamronbek
do’stim juda ham qizg’anchiq, rashqchi
bo’lganligi sabablimi u ortiq kuta olmadi.
Balkim shu ularning do’stligiga nuqta qo’yib
yangi tuyg’u ya’ni muhabbatni shu ikki
insonning qalbida paydo bo’lishiga sababchi bo’lgandir. Do’stim menga nima bo’lsa bo’ldi
Diyora mening sevgimni rad etmaydi, chunki
uni o’zi ham meni juda qattiq yahshiko’radi,
nima qiliy deb maslahat so’radi. Men esa
qalbinga, yuraginga quloq sol ana o’shatdangina
o’zinga kerakli javobni topasan deb javob berdim. U huddi men aytganimdek qildi,
qalbiga quloq solib Diyoraga uni jonidanam
ortiq ko’rishini aytdi, Diyora esa ancha
vaqtgacham o’ylanib turdi, ozgina javob
qaytarishga uyaldi, boshqa bunday imkoniyat
bo’lmasligini tushunib yetib u ham unga aynan shunday javob qaytardi. Ulardan baxtliroq
inson yo’q edi. Do’stimning baxtini ko’rish men
uchun ham BAXT edi. Uni xursand bo’lib
yurishida ortiqroq narsa menga kerak emasdi.
Ularning ko’ziga bir-biridan boshqa hech kim
ko’rinmasdi. Go’yo bu dunyoda ulardan boshqa inson yo’qde. Mana shu narsa meni azgina
xavotrga solib turardi. Chunki bu darajada bir
biriga bog’lanib qolish yahshilikga olib
kelmasligini men juda yahshi bilardim.
Do’stimga shuni ko’p martta tushuntirishga
xarakat qilardim lekin u meni eshitmas, hop deb bilganidan qaytmas edi. Bejiz xayot bir
tekislikdan iborat emas deb aytishmas ekan.
Oldinda taqdir ularga qo’ygan sinovi bor edi.
Men qo’rqqan narsa yuz berdi. Buni eslash men
uchun og’ir. O’sha kunni hamon yodimda. 24-
may. Men Kamronbek bilan magazinga Diyoraga sovg’a olgani borgan kun. Bu kuni ularning
sevgisiga 7 oy bo’lgandi. Diyoraga sovg’a olib
qaytdik, keyin u Diyora bilan uchrashishga men
esa uyimga keldim. Hammasi yahshi
ketayotgan payt. Soat kechgi 8 laga yaqin
Kamronbek meni uyimga keldi. Boshida biroz hayron bo’ldim chunki avvallari do’stim ishdan
chiqib bizning uyga kelmasdi. Rangida rang
qolmagandi, yuzlari qizarib ketgan, qo’llari
shilingan, ko’z atrofi ishgan, eng dahshatligi
hammayog’I qon bo’lgandi. Judayam qo’rqib
kettim. Nima bo’ldi? Kim sani bu axvolga soldi deb so’radim, u esa endi nima qilaman
diyishdan nariga o’tmasdi. Uni axvoli meni
havotrga solib qo’ydi. Hayolimdan xar xil
fikrlar o’tardi. Yomon niyat qilishdan o’zimni
tiyib undan yana nima bo’lgani so’radim, u yana
o’sha javob endi nima qilaman deyishdan uyog’iga o’tmasdi. Uchinchi martta
so’raganimda u Diyorani uyidigilari men
haqimda bilib qolishibdi, akasi menga
qo’ng’iroq qilib do’q qildi, men esa Diyorani
o’ylab akasiga hech narsa demadim didi.
Keyinchi keyin nima bo’ldi desam akasi ishlayotgan joyimga kelib meni haqoratlab
ketdi, Diyora bilan bir birimizni juda ham qattiq
sevishimizni tushuntirmoqchi bo’ldim ammo u
jaxl ustida meni urdi. Men esa indamadim,
vaziyat yomonlashar uning g’azabi tobora oshib
borar edi. Hammasiga chidadimu oilamni haqorat qilib so’kinganiga chiday olmadim.
Ayniqsa bunga yigitlik g’ururim yo’l qo’ymas
edi va men ham uni urishga majbur bo’ldim.
O’sha damda ko’zimga hech narsa ko’rinmadi,
aqlimni yoqotgan edim. Qo’limga tushgan bor
narsa bilan urdim, oxiri qo’limga pichoq tushib qoldi deb jim bo’lib qoldi. Men Kamron do’stim
san aqlli bolasanku, pichoqni joyiga qo’yib
qo’ydin to’rimi desam yo’q pichoqni olib
3-4martta o’zib bilmagan xolda tiqib yubordim
dedi, Akasiga nima bo’ldi deb so’rasam tirik
kasalxonada yotibdi, unga men pichoqni tiqganimni hamma bilibdi, militsiya xodimlari
meni qidirib yurishibdi didi. Qayerga
borishimni bilmyamman, menga yordam ber
iltimos deb yalinardi. Uyga kirib ota- onamga
Kamron bilan nima bo’lganini yahshilab
tushuntirdim, do’stimning bizani uyda turib turishi uchun ota-onamdan ruxsat so’radim.Ular
Kamronbekni yomon bola emasligini bilishardi
shuning uchun ham uyimizada turishiga ruxsat
berishdi. Kamronni xamma qidirayotgan edi.
Uning uyidagilariga Kamronbek axvol
yaxshilanishiga qadar bizani uyimizada turib turishini aytdim. Ota-onasi Kamron do’stim
yoshligida avto xalokat tufayli vafot
etishgandi. Do’stim yoshligidan buvisi bilan
birga turardi. Buvisi meni umringdan baraka
top bolam, sen bo’lmaganingda nima qilardik
deb yeg’lab duo qilardilar. Men esa buvijon siqilmang bu kunlar ham o’tib ketar deb
ovutishga xarakat qilardim. Azginadan so’ng
odamlar, o’quvchilar orasida xar xil gaplar
tarqala boshladi, kimdir Kamronni bo’lib o’tgan
voqeadan so’ng boshqa yerga qochib ketgan
desa qolganlari uni o’ldiga chiqarishdi. Diyorani esa o’sha ‘osha ko’rmadim. Uni boshqa o’qishga
olib o’tishibdi deb eshitdim. Kamron
bizanikidaligiga deyarli 10 kun bo’ldi. Diyora
yashaydigan mahallaga ko’p martta do’stim
bilan birga bordik lekin Diyorani topaolmadik.
Do’stimning axvoli kundan kunga og’irlashib borardi. Uni xaliyam xamma qidirayotgan edi.
Avvallari Diyorani 1 kun ko’rmasa turolmasdi.
Shu darajada axvol og’irlashib bordi. Kunlar
xam juda tez o’ta boshladi. Xuddi yosh bolalar
singari bir birini quylab yurardi. Kunlar tez
o’tishga o’tardiku lekin Diyoradan xaligacham xabar yo’q edi. Do’stim bilan har kuni
suhbatashib o’tirardik. Diyorani sog’ingani
uning ko’zidan bilinib turardi. Unga faqat sabr
qilish kerakligini tushuntirardim. Ko’z ochib
yumguncha 1 oy o’tib ketti. 24-iyun. Ularning
sevgisiga 8 oy bo’lganida Kamronga Diyoraning o’qishdagi eng yaqin do’stlaridan biri qo’ng’iroq
qilib Diyora kasalxonadaligini etdi.
Eshitishimcha qandaydir dorilarni ichib
yuboribdi, oshqazonini yuvishga kasalxonaga
olib kelishibdi. Kamron men uyda yo’qligimda
yugurib chiqib ketibdi. Kelib uni hechqayerdan topa olmadim. U kasalxonaga ketganini aniqlab
kasalxonaga yugurdim. Kasalxona yaqinida
odamlar to’planib turganiga ko’zim tushdi.
Borib yaqinroq qarasam yerda bir inson qonga
belanib yotardi. Yaqinroq borsam o’sha inson
mening yaqin do’stim KAMRONBEK ekan. Shoshib yo’ldan o’tayotgan mahal bir yuk
mashinasi behos urib yuboribdi. Do’stimni
quchoqlab yeg’lay boshladim. Kamronning
o’lganiga hech ham ishongam kelmasdi. O’lim
haq, Ollohning irodasi. Bo’lib o’tgan voqeadan
so’ng Diyorani topishga xarakat qildim, lekin urinishlarim befoyda edi, chunki u qattiq
nazorat ostida edi. Yaqin dugonasini topib unga
bo’lib o’tgan voqeani so’zlab berdim.
Diyoraning dugonasidan bo’lib o’tgan voqeani
Diyoraga yetkazib qo’yishini iltimos qildim. 2
kun o’tar o’tmas Diyora ham vafot etganini eshitdim. Kamronning vafot etganini u ko’tara
olmay o’z joniga qasd qilibdi. Bu menga juda
qattiq ta’sir qildi. Chunki men ham Diyorani
jonimdan ortiqroq ko’rardim. Uni sevishimni
unga bildirmagan edim chunki uning ko’ngli
do’stimda edi. UNdan ham achinarlisi shundaki u mening aybim bilan bu dunyodan erta ko’z
yumdi. Diyoraga bo’lgan sevgim u bilan birga
tuproqqa ko’milib ketti. 1 vaqtning o’zida ikki
suygan insonimdan ayrildim.
Ularning vafotiga 4 oy bo’ldi. Agar ular tirik
bo’lishganida hozir birga bo’lar edik, chunki bugun ularning sevgisi 1 yoshga to’ldi.
Do’stimning o’sha paytdagi xursandchiligi hech
ham ko’z oldimdan ketmaydi. . . Aytishlaricha agar ikki inson bir birini juda
qattiq yahshiko’rsayu lekin bu foniy dunyoda
birga bo’lmasa, boqiy dunyoda albatta billa
bo’lishar emish. Ollohdan Kamronbek bilan
Diyorani boqiy dunyoda birga bo’lishlarini
so’rab qolaman. . .
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2