Предыдущая публикация
4-may kuni Superliganing 6-turida “Soʻgʻdiyona”ga qarshi maydonga tushgan jamoamiz ikki kunlik xordiqdan soʻng bugundan yana oʻz qarorgohida toʻplandi hamda 12-may kuni safarda “Neftchi”ga qarshi uchrashuv uchun tayyorgarlikni boshladi.
Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov oʻz rejasiga asosan mashgʻulotini oʻtkazdi. Futbolchilar esa butun eʼtiborlarini navbatdagi vodiy derbisiga qaratgan holda tayyorgarlik jarayonlariga jiddiy kirishdilar.
Eslatib oʻtamiz, Superliganing 7-turidan oʻrin olgan 🟢“Neftchi” – 🔵“Andijon” uchrashuvi 12-may kuni “Istiqlol” stadionida soat 19:00 da boshlanadi.
😃😃😃😃😃😃 | 😁😁😁😁
📲 @andijonpfc
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев