👉 Urush boshlanganiga uch yil to'lgan sanada BMT Bosh Assambleyasi Ukrainaning Yevropa qo'llab-quvvatlagan Tinchlik rezolyutsiyasini ma'qulladi. Unda Rossiya qo'shinlarini Ukraina hududlaridan zudlik bilan olib chiqib ketish talab etilgan.
👉 193 mamlakat a'zo bo'lgan tashkilotda rezolyutsiyani 93 mamlakat yoqlagan, 18 mamlakat qarshi ovoz bergan, 65 mamlakat betaraf qolgan.
👉 Garchi ko'rsatkichlar Ukrainani dastaklovchilar soni qisqarganini anglatmoqda. Huddi shunday masala so'nggi bor ovozga qo'yilganida, 140 mamlakat Rossiya agressiyasiga qarshi ovoz bergan edi.
👉 Qarshilar orasida AQSh, Rossiya, Xitoy, Belarus, Vengriya va Isroil bor.
👉 Markaziy Osiyo mamlakatlari betaraf qolgan, Turkmaniston ishtirok etmagan.
👉 Vashington Kiyevga o'z rezolyutsiyasidan voz kechishi uchun bosim qo'llagan, biroq Kiyev bunga rozi bo'lmagan, deydi shaxsini ma'lum qilmaslikni so'ragan AQSh va Yevropa rasmiylari.
👉 BMT bayonotiga kor'a, Rossiya tashkilot Nizomiga zid ravishda, qo'shni mamlakatga bostirib kirgan va urush boshlagan.
👉 BMT rezolyutsiyalari hech qanday yuridik majburiyat yuklamasa-da, jahon hamjamiyati qarashlarining barometri sanaladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев