Agentlikka Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi og'zaki buyruq bergan.
"Ozarbayjon haqida va Ozarbayjondan turib mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi auditoriyamizga xabar uzatishga to'siq bo'ladigan, matbuot erkinligini cheklashga qaratilgan chora yuzasidan chuqur qayg'udamiz", - deyiladi agentlik bayonotida.
Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari o'tgan hafta hukumat "BBC"ning xodimlari sonini qisqartirib, bir nafar muxbirni qoldirishi haqida ma'lum qilgan edi.
"BBC" Ozarbayjon hukumatidan rasmiy maktub olmagan. Agentlik masalaga oydinlik kiritishga intilar ekan, muxbirlar Ozarbayjonda faoliyatini to'xtatgan.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi va Ozarbayjonning Vashingtondagi elchixonasi ushbu masala yuzasidan "Amerika Ovozi" yo'llagan elektron maktubni hozircha javobsiz qoldirmoqda.
Ozarbayjon uzoq yillardan beri so'z erkinligini toptab, jurnalistlarga ayovsiz choralar ko'rib kelayotgan davlatlar ro'yxatida yetakchilardan.
Nyu-Yorkda asoslangan Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi bayonotiga ko'ra, ayni damda Ozarbayjonda 23 nafar jurnalist panjara ortida.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев