“U saylov o’tkazishni xohlamaydi, so’rovlarda past baho oladi. Baydenni o’z nog’orasiga o’ynatishni qoyillatgan xolos. Saylov o’tkazilmasa, Zelenskiy bu – diktator. U tezroq harakat qilishi kerak, aks holda mamlakatidan hech narsa qolmaydi”, - deb yozdi Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmog’ida.
Kecha AQSh rahbari Zelenskiyni urushni boshlaganlikda ham ayblagan edi. Bunga javoban Zelenskiy Tramp dezinformatsiya ichida yashayotganini, haqiqatni hurmat qilish kerakligini ta’kidlagan.
Kecha AQSh va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Saudiya Arabistonida uchrashib, aloqalarni yaxshilash va Ukraina urushini yakunlash bo'yicha reja tuzishni boshlash bo'yicha kelishib olgan. Zelenskiy deydiki, Ukraina vakillari ishtirokisiz o'tgan hech qanday muzokara natija bermaydi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, o’z navbatida, Tramp ma’muriyati rasmiylarini Saudiyadagi uchrashuvning “juda do’stona” muhitda o’tgani uchun olqishlab, Tramp bilan bajonidil uchrashishini aytmoqda.
Bugun Trampning Ukraina bo’yicha maxsus vakili Kit Kellog Kiyevda muzokaralar o’tkazmoqda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев