Isroil va Argentina fuqarosi Yair Xorn, Isroil va AQSh fuqarosi Sagi Dekel-Chen hamda Isroil va Rossiya fuqarosi Aleksandr Trufanov Isroilga topshirilgan. XAMAS ularni 2023-yilning 7-oktabrida garovga olgan edi.
Ozod etilgan falastinliklarning 36 nafari Isroilga qarshi hujumlarda ayblanib, umrbod qamoq jazosini o’tayotgan edi. Sulh shartlariga ko’ra, ularning 24 nafari Falastin hududlarini tark etishi, boshqa davlatlarga ko’chishi lozim.
Avvalroq XAMAS yahudiy davlatini sulhga to’liq amal qilmayotganlikda ayblab, garovdagilarni ozod etishni kechiktirishi haqida e’lon qilgan edi. Bunga javoban Isroil harbiy harakatlarni qayta boshlashini bildirgan.
📷 AFP, AP, Reuters
https://www.amerikaovozi.com/a/7975107.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7975017.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев