Trampning "Truth Social" tarmog'ida yozishicha, 2 milliondan ziyod g'azoliklar barqaror hududlarga ko'chiriladi. Biroq AQSh rahbari ularning aynan qaysi mamlakatga yoki sektorning qaysi hududiga ko'chirilishiga oydinlik kiritmagan.
Tramp avvalroq Iordaniya va Misrni g'azoliklarga boshpana berishga chaqirgan, biroq bu ikki mamlakat buni inkor etib, g'azoliklar o'z vatanida yashashga haqli ekaniga urg'u bergan edi.
O'z navbatida, XAMAS ham Falastindagi barcha fraksiyalar va xayrixoh mamlakatlarni Tramp rejasiga qarshi birlashishga chaqirmoqda.
Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats 6-fevral kuni bergan bayonotga ko'ra, mamlakat armiyasiga g'azoliklarni quruqlik, dengiz va havo yo'llari orqali boshqa hududlarga ko'chirish rejalarini tayyorlash buyrug'i berilgan.
Prezident Trampning G'azo da'vosi va sektor aholisini majburiy ko'chirish rejasi ko'plab mamlakatlar qatorida BMT e'tirozlariga ham sabab bo'lmoqda. Tahskilot vakili Stefan Dyujarrikning ta'kidlashicha, g'azoliklarni majburiy ko'chirish "etnik tozalash bilan barobar".
https://www.amerikaovozi.com/a/7970297.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7971213.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7970298.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7968064.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7963421.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7964257.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев