BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish uni “notinch dunyomizdagi tinchlik, bag’rikenglik va mehr-oqibat ramzi”, deya xotirlamoqda.
Ismoiliylar shia mazhabidagi musulmonlar bo’lib, o’zlarini Muhammad payg’ambarning qizi Fotima va kuyovi Ali naslidan deb biladi. Jamoaning 49-imomi sifatida tan olingan Shahzoda Karim Og’a Xon IV o’z jamg’armasi orqali rivojlanayotgan o’lkalarda uylar, ta’limiy muassasalar, kasalxonalar va maktablar qurish bilan tanilgan.
Shveysariyada asoslangan, 30 dan ortiq mamlakatda faoliyat yurituvchi jamg’arma islomiy san’at va me’morchilik namunalarini asrab qolish yo’lida Garvard Universiteti va Massachusetts Texnologiya Instituti kabi nufuzli oliygohlar bilan hamkorlik qilgan.
2000-yilda Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston hukumatlari va Og’a Xon hamkorligida Markaziy Osiyo universiteti tashkil etilgan.
Vasiyatnomaga muvofiq Og'a Xonning o'g'li Rahim al-Husayniy yangi Og'a Xon va 50-imom sifatida tanlandi.
📷 AFP
https://www.amerikaovozi.com/a/7970298.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7968064.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7963421.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7964257.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев