Prezident Donald Tramp bilan uchrashuvda “XAMAS ustidan g’alaba”, Eronni mag’lub etish va arab davlatlari bilan diplomatik aloqalarni kengaytirish haqida gaplashamiz, deya bildirdi bugun yo’lga chiqqan Netanyaxu.
U Tramp prezidentlikka qaytganidan buyon Oq uyda u bilan uchrashayotgan ilk xorijiy rahbar bo’ladi.
Isroil va XAMAS o’rtasidagi sulhning ikkinchi bosqichi bo’yicha muzokaralar ertaga, 3-fevral kuni boshlanmoqda. XAMAS rasmiylariga ko’ra, urush to’liq tugatilmasa va Isroil qo’shinlarini G’azodan olib chiqmasa, garovdagilarni ozod etish jarayoni to’xtatiladi.
Netanyaxu hukumatidagi ayrim millatchi vazirlar esa mart oyidan urushni davom ettirishga undamoqda. So’nggi otashkesim natijasida hozirgacha XAMAS garovida bo’lgan 18 kishi, shuningdek, yuzlab falastinlik mahbuslar ozod etildi.
Birinchi prezidentlik muddati paytida Isroil va Fors ko’rfazidagi ayrim arab davlatlarini yarashtirishga yordam bergan Tramp “Ibrohim kelishuvlari” deb nomlanuvchi tashabbusni kengaytirib, Isroil va Saudiya Arabistoni o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilishiga bosh bo’lmoqchi.
📷 Reuters
https://www.amerikaovozi.com/a/7942598.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7958605.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1