Jo Baydenning so’nggi qarorlaridan biri Tolibon bilan mahbus almashish bo’ldi. O’tgan hafta AQSh terrorizmda aybdor topilgan Tolibon a’zosi Xon Muhammadni, toliblar esa ikki amerikalikni ozod etdi.
Rubio deydiki, agar Tolibon qamog’ida amerikaliklar ko’pligi haqidagi xabarlar rost bo’lsa, Tolibonning eng yuqoridagi rahbarlarini qo’lga olish uchun Usama bin Ladenning boshiga belgilanganidan ham kattaroq mukofot puli qo’yilishi mumkin.
Al-Qoida sobiq rahbarini ushlash yoki o’ldirishda yordam bergan axborot uchun Amerika hukumati 25 million dollar taklif qilgan edi. Bin Laden qayerda yashiringani oxir-oqibat elektron razvedka vositasida aniqlangan va bu mukofot hech kimga berilmagan.
📷 AP, AFP
https://www.amerikaovozi.com/a/7936951.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев