Sobiq rahbar 100 yoshida 29-dekabr kuni vafot etgan edi.
Karter bilan 7-yanvar kuni dastlab AQSh qonunchilari vidolashdi. Bugun - 8-yanvar kuni Rotonda jamoatchilik uchun ham o'z eshiklarini ochgan. 9-yanvar kuni Kapitoliyda Karter bilan ikki raqib prezidentlar - Jo Bayden va Donald Tramp ham vidolashadi. So'ng Karter o'z shtati Jorjiyada dafn etiladi. Shu kuni mamlakatda motam kuni e'lon qilingan.
AQSh o'z qahramonlari va o'ta muhim shaxslarga ehtirom ifodasi sifatida Kapitoliyning Rotonda zalida vidolashuv marosimini tashkil qiladi. Shu paytgacha 46 kishi bilan ana shunday tarzda vidolashilgan.
Prezidentligidan keyin insoniyatga ezgu missiya bilan xizmat qilgan Karter Isroilning Falastinga zulmini qoralab kelgan arbob, 2002-yil Tinchlik uchun Nobel mukofotiga loyiq ko'rilgan edi.
https://www.amerikaovozi.com/a/7927576.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7926833.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7926326.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев