Afg'onistonliklar vizaga murojaati ko'rib chiqilgunga qadar Filippinda bo'ladi. Bu vaqt mobaynidagi barcha xarajatlarni AQSh qoplaydi. O'tgan yil iyulida imzolangan bitimga ko'ra, Filippinda qolish muddati 59 kundan oshmasligi kerak.
6-yanvar kuni Filippinga yetib kelgan bir guruh afg'onistonliklar chegarada tibbiy ko'rik va xavfsizlikka doir suhbatdan o'tkazilgan. Ularning aniq soni e'lon qilinmagan.
AQSh hukumati mamlakatning Afg'onistondagi diplomatik missiyasi, armiyasi va harbiy idoralariga xizmat qilgan afg'onistonliklarni Tolibon zulmidan himoya qilish maqsadida oilalari bilan birga AQShga ko'chish imkonini beradigan maxsus immigrant vizasini taqdim etish va'dasini bergan edi. Ko'plab afg'onistonliklar shunday viza bilan allaqachon AQShda. Dunyoning boshqa mamlakatlariga vaqtincha ko'chganlari esa hali ham shu vizani olish imkoniyatiga ega.
https://www.amerikaovozi.com/a/7946648.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7942512.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7946132.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7945152.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев