Halok bo’lgan haydovchi AQSh maxsus kuchlari zobiti, 37 yoshli Metyu Livelsberger ekani aniqlandi.
Politsiyaga ko’ra, Livelsberger “Cybertruck” avtomobili portlashidan oldin o’ziga o’q uzgan. Mashinada yoqilg’i solingan kanistrlar va pirotexnika topilgan.
Bir necha davlatda xizmat qilgan maxsus kuchlar razvedkasi serjanti nima uchun bu tarzda o’z joniga qasd qilgani noma’lum. Portlashda yetti kishi yengil jarohat olgan edi.
“Tesla” sohibi Ilon Mask "X" tarmog'ida portlash elektromobilning texnik nosozligi bilan bog'liq emasligi, pirotexnika va yoqilg'i portlashga sabab bo'lgani haqida yozgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/7943325.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев