Bu haqda uning o’g’li ma’lum qildi. 1977-1981 yillarda davlatni boshqargan Karter Oq uydan keyin ham jo’shqin faoliyat olib borib, o’z tashkiloti orqali dunyo bo’ylab kasalliklarga qarshi kurashish va mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish tashabbuslariga boshchilik qilgan. Buning uchun Nobel tinchlik mukofoti bilan taqdirlangan.
1979-yilda Kemp Deyvid qarorgohida Isroil va Misr o’rtasida imzolangan tinchlik kelishuvi Karterning katta yutuqlaridan biri sanaladi.
Uning prezidentlik davrida AQSh Panama kanalini Panamaga qaytargan, Xitoy bilan to’liq diplomatik aloqalar o’rnatilgan.
Karterning 77 yillik umr yo’ldoshi Rozalin Karter xonim 2023-yilning oktabrida 96 yoshida vafot etgan edi. Jimmi Karter - AQSh sobiq prezidentlari orasida eng uzoq umr ko’rgan arbob.
📷 AP, AFP
https://www.amerikaovozi.com/a/russia-ukraine-gas/7921204.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7917784.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев