Uning ta’kidlashicha, Vladimir Putinning kecha mujmal tarzda uzr so’ragani ikki mamlakat o’rtasidagi do’stona munosabatlarni saqlab qolish uchun yetarli emas.
“Aniq aytishimiz mumkinki, samolyot Rossiya tomonidan urib tushirilgan. Ataylab qilinmagan bo’lsa-da, shunday ish bo’ldi”, - dedi Aliyev televideniyega bergan intervyusida.
Ozarbayjon rahbari Rossiyani voqeani xaspo’shlashga urinayotganlikda tanqid qildi.
“Afsuski, dastlabki uch kun davomida Rossiya rasmiylaridan [halokat sabablari to’g’risida] bema’ni versiyalardan boshqa hech narsa eshitmadik”, - deydi u.
Kremlning bildirishicha, ikki davlat rahbarlari kechadan buyon telefonda yana bir bor gaplashib olgan. Aliyev Moskvaga uchta talab qo’yayotganini bildirdi.
Birinchidan, Rossiya Ozarbayjondan uzr so’rashi kerak. Aliyev bu talab allaqachon bararilganini qayd etdi. Ikkinchidan, Rossiya aybini olishi kerak. Uchinchidan, aybdorlar jazolanishi, jinoiy javogarlikka tortilishi hamda Ozarbayjon davlatiga, jabrlanganlarga kompensatsiya to’lanishi kerak.
Qozog’istonda qulagan, Ozarbayjon Havo yo’llari samolyoti bortida 67 kishi bo’lgan, 38 nafari halok bo’lgan.
📷 Reuters, AP
https://www.amerikaovozi.com/a/russia-ukraine-gas/7921204.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7917784.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2