Birlashgan Arab Amirliklari 25-noyabr kuni qotillikni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan uch nafar o'zbekistonlik hibsga olinganini ma'lum qildi.
Bayonotga ko'ra, 28 yoshli Olimboy Tohirovich, 28 yoshli Mahmudjon Abdurahim hamda 33 yoshli Azizbek Komilovichlar qo'lga olingan.
Gumonlanuvchilarning ism-shariflarida xatolik ketgan bo'lishi ham mumkin.
Isroil va BAA o'rtasida diplomatik aloqalar izga solingani ortidan Dubayda yahudiy sayyohlar soni ortgan. Qotillik yahudiylar o'rtasida sarosimaga sabab bo'lgani aytilmoqda.
28 yoshli ravvinning jasadi Al-Ayn shahridan topilgan. Isroil rahbari qotillikni antisemitizmga asoslangan terakt sifatida baholagan. G'azo, G'arbiy Sohil va Livanda o'limlar soni ortib borayotgan bir pallada amalga oshirilgan bu qotillik sabablari hozircha ma'lum emas.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев