Kremlga ko’ra, tomonlar “Ukrainadagi vaziyat bo’yicha batafsil, ochiq fikr almashdi”. Shols Putinni adolatli va mustahkam tinchlikka erishish uchun Kiyev bilan muzokara boshlashga ham da’vat etgan.
Telefonda muloqot bir soatcha davom etgani ma’lum.
Putinga ko’ra esa har qanday potensial tinchlik kelishuvi “yangi hududiy realliklarga asoslanishi” shart. Xabar qilinishicha, suhbatda Putin urushni NATOning ko’p yillik agressiv siyosati natijasi deb atagan.
Shols Putin bilan so’nggi bor yuzma-yuz bosqindan bir hafta oldin ko’rishgan edi. O’shanda Rossiya rahbari kanslerni Ukrainani bosib olish niyatimiz yo’q, deb ishontirgan.
Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy deydiki, Sholsning Putin bilan telefon muloqoti “Pandora qutisi”ni ochib, Putinni izolyatsiyalash sa’y-harakatlariga putur yetkazdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев