Florida shtati senatori Marko Rubio AQSh Davlat kotibi bo’lishi kutilyapti.
Janubiy Dakota gubernatori Kristi Noem esa Ichki xavfsizlik vaziri sifatida tanlagani e'lon qilindi. Mudofaa vazirligi rahbariyatiga Pit Xegset, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimiga esa Jon Ratkliff tanlandi.
Tramp, shuningdek, milliarder biznesmen Ilon Mask va tadbirkor hamda respublikachilardan prezidentlikka sobiq nomzod Vivek Ramasvami Hukumat samaradorligi departamentiga rahbarlik qilishini e'lon qildi. E'londa aytilishicha, ular federal hukumatning "keng ko'lamli tarkibiy islohotini boshlash" uchun maslahat va ko'rsatmalar beradi.
Saylangan prezident Nyu-Yorklik kongressmen Eliz Stefanikni AQShning BMTdagi yangi elchisi etib tanladi. Arkanzas shtatining sobiq gubernatori Mayk Xakabi esa Isroildagi elchi lavozimiga taklif qilindi.
Tramp o’z mamuriyatidagi yuqori lavozimlarga nomzodlarni sodiq tarafdorlari orasidan tanlab olayotgani aytiladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев