Putin Turkmaniston poytaxtida tadbirga taklif etilgan Eron prezidenti Ma'sud Pezeshkian bilan ham muloqot qiladi.
Putinning Turkmanistonga borishi e'lon qilinmagan edi. Tashrifga doir xabarni Putinning tashqi siyosat bo'yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov ma'lum qilgan. Uning aytishicha, Rossiya va Eron prezidentlari o'zaro aloqalar hamda Yaqin Sharqda yuzaga kelgan keskin vaziyatni muhokama qiladi.
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin o'tgan hafta Eronga tashrif buyurib Pezeshkian va Birinchi vitse-prezident Muhammad Rizo Orif bilan muzokara olib borgan edi.
Prezidentlar muloqoti Yaqin Sharqda Eron dastaklab kelayotgani aytilayotgan XAMAS va Hizbullohga qarshi Isroil hujumlari kuchayib borayotgan vaqtga to'g'ri kelmoqda.
G'arb mamlakatlari Eronni Rossiyaga dron va snaryadlar yetkazib berayotganlikda ayblaydi, Tehron buni inkor etib keladi. Pezeshkian joriy oy BRIKS sammiti doirasida Putin bilan yana bir bor Rossiyada ko'rishadi.
https://shorturl.at/tCTUR Milton to’foni 9-oktabr kuni kechki payt Florida shtatining g’arbiy sohiliga urildi.
...https://www.amerikaovozi.com/a/7813089.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев