Meni xotirangizda saqlolasizmi?
Qabirim uzra mayli har zamonda bir,
Bir quchoq atirgul oborasizmi?
Bilaman bu xasta yuragim qo'ymaydi omon,
Bir kun bu dunyodan o'tib ketaman.
Sizni qoshi qaro sochi uzunga,
Ko'zimda yosh bilan tashlab ketaman.
Bilaman bu sevgim qo'ymaydi omon,
Ishqimni yurakka ko'mib ketaman.
Sizsiz o'tgan har lahza onni,
She'r qilib qog'ozga yozib ketaman.
Izlamang izimni qayerdasan deb,
Muhabbat shum deb aylamang firoq.
Axir sizga berdim faqat men azob,
Sizni shu azobdan xalos etaman.
Bir kuni ketaman olis osmonga,
She'rlarim qoladi bir meros bo'lib.
Yurakni yondirgan o'sha muhabbat,
Qoladi ortimdan bir otash bo'lib.
Bizning sevgimizga yagona guvoh,
O'sha osmonlarga borib yetaman.
Sog'inch deb atalgan urug'ni,
Sizning qalbingizga ekib ketaman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев