Qizig'-a, bizda 100-300$ga mashhur artistlarni chaqirib «Kelinsalom» ayttirishayotgan paytda u yerda «Kelinsalom»ni kelinning yaqinlari ijro etishlari. Bolaligimizda «Kelinsalom»ni odatda kayvoni ayollar ijro etishardi. Vaqt o'tishi bilan urf-odatlarimiz ham o'zgarib ketmoqda.
E'tiboringizga dugonamga matnini jo'natgan «Kelinsalom»ning matnini havola qilmoqdaman.
Dilga iymonni bergan,
Qo'lga Qur'onni bergan,
Salom, salom, kelinsalom,
Parvardigorga salom.
Kuyovimiz g'amxo'ri,
Hotamtoylarning zo'ri,
salom, salom, kelinsalom,
Qaynotasiga salom.
Yigitlarning sardori,
Qizimizning xaridori,
Salom-salom, kelinsalom,
Kuyov bolaga salom.
Qoshu ko'zi pilikdek,
So'zlari xo'p ilikdek,
Salom, salom, kelinsalom,
Qaynonasiga salom.
Devordan mo'ralagan,
Toy qachon deb so'ragan,
Salom, salom, kelinsalom,
Qo'shnilariga salom.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев