Предыдущая публикация
Soqoli ko'ksiga tushsa ham garchand,
Inson atalmagay masalan, serka.
Odamlik hurmati shunchalar baland,
Uni uraberma har nafas yerga.
Buguncha emaklab yurgan shu jujuq,
Ertan kashf etadi balki dunyolar.
Tiriklik sen bilan barham topmas, yo'q
Hamisha oqadi oqqan daryolar.
Itqit jaholatni, aqlga yuz tut,
Bunchalar e’tiqod qo'yma jabrga.
Bir kuni ko'z yumsang, seni ham el-yurt
Boshida ko'tarib eltar qabrga.
1986
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев